PSJ darvozaboni Janluiji Donnarumma klubdagi holatidan norozi bo’lmoqda. Bu haqda L’Équipe nashri xabar berdi.
Manbaga ko’ra, Donnarumma bosh murabbiy Luis Enrikening YChL doirasidagi “Bavariya”ga qarshi o’yinda uni zaxirada qoldirish qaroridan norozi bo’lgan.
Qayd etilishicha, Enrike italiyalik kiperning qobiliyatiga ishonmayapti, shuning uchun uni asosiy tarkib futbolchisi sifatida ko’rmayapti.
Ma’lumot uchun, Donnarummaning PSJ bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2026-yilning yozida yakuniga yetadi. Uning Transfermarkt’dagi narxi 40 million yevroga baholanmoqda.