Italiya A Seriyasining 31-turida “Roma” o’z maydonida “Yuventus”ni qabul qilib, Eldor Shomurodovning goli evaziga mag’lubiyatdan qutulib qoldi (1:1).
Shu bois, hamyurtimiz “Latsio”g qarshi bahsda asosiy tarkibda maydonga tushishi kutilmoqda. Bu haqda Il Messaggero nashri xabar bermoqda.
“Yil boshida “Roma”ni tark etishga yaqin turgan Eldor Shomurodov jamoadagi mavqeyini mustahkamlashda davom etmoqda. “Yuventus” darvozasiga kiritilgan gol uning o’ziga bo’lgan ishonchini yana bir bor oshirdi. O’z futbolchisi so’nggi paytlarda zaxiradan maydonga tushib, muhim bahslarda foydali o’yim ko’rsatmoqda”, – deyiladi xabarda.
Rim derbisi oldidan Klaudio Ranyeri tarkibda rotatsiyalar qilishi kutilmoqda. RomaPress nashrining xabariga ko’ra, Shomurodov va Dovbik hujum chizig’ida birga harakat qilishi mumkin.
“Shomurodov uchun ushbu bahs o’zini ko’rsatish, Rimdagi obro’sini oshirish va asosiy hujumchiga aylanish uchun navbatdagi imkoniyat bo’lishi mumkin”, – deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, “Latsio” – “Roma” o’rtasidagi uchrashuv 13-aprel kuni Toshkent vaqti bilan soat 23:45 da start oladi.