Rossiya Premyer-ligasining 23-turidan o’rin olgan bahsda Moskvaning ikki klubi – SSKA va “Dinamo” o’zaro to’qnash keldi va yakunda “armiyachilar” 3:1 hisobda g’alaba qozondi.
Hamyurtimiz Abbosbek Fayzullayev uchrashuvni asosiy tarkibda boshlab, 67-daqiqada zaxiraga olindi. 34-daqiqada esa sariq kartochka bilan jazolandi.
Shu tariqa, SSKA o’z ochkolari hisobini 44 taga yetkazib olib, 4-pog’onaga ko’tarilib oldi. “Dinamo” esa 42 ochko bilan 5-o’rinni egallab turibdi.
RPL | 23-tur
SSKA 3:1 “Dinamo”
Gollar: Skopintsev 15′ avtogol (1:0), Karraskal 24′ (1:1), Moyses 78′ (2:1), Oblyakov 90+6′ (3:1).