“Liverpul” “Real Sosedad” yarim himoyachisi Martin Subimendini o’z safiga qo’shib olmoqchi. Bu haqda Fabritsio Romano xabar berdi.
Manbaga ko’ra, inglizlar Subimendining transferi ustida bosh qotirmoqda. “Mersisaydliklar” “Real Sosedad” va futbolchi bilan muzokara olib borishni rejalashtirgan.
Qayd etilishicha, Subimendining shartnomasida ko’rsatilgan tovon puli 60 million yevroni tashkil qiladi.
Ma’lumot uchun, ispaniyalik vinger o’tgan mavsum La Ligada 31 ta o’yinda maydonga tushib, 4 ta gol va bitta golli uzatmani amalga oshirgan.