“Manchester Siti” yarim himoyachisi Maksimo Perrone ijara asosida “Komo”ga o’tdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaga ko’ra, tomonlar bir mavsumga mo’ljallangan shartnomaga imzo chekkan.
Ma’lumot uchun, argentinalik futbolchi 2022-yilning mart oyida “shaharliklar”ning asosiy jamoasida debyut qilgan.
O’tgan mavsumni esa futbolchi “Las-Palmas”da ijarada o’tkazdi va La Ligada jami 30 ta o’yinda maydonga tushdi.
Eslatib o’tamiz, “Komo” bosh murabbiyi “Arsenal”, “Chelsi” va “Barselona”ning sobiq futbolchisi Sesk Fabregas hisoblanadi.