“Nyu-York Siti” klubi chap qanot himoyachisi Kristian Makfarleyn faoliyatini “Manchester Siti”da davom ettiradi. Bu haqda MLS klubi matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaga ko’ra, Nyu-York jamoasi 18 yoshli futbolchining navbatdagi sotuvidan foiz oladi.
Ma’lumot uchun, “Nyu-York Siti” va “Manchester Siti” Shayx Mansurga tegishli bo’lgan City Football Group tarkibiga kiradi.
Eslatib o’tamiz, Makfarleyn joriy transferlar oynasida “shaharliklar” bilan shartnoma imzolagan uchinchi himoyachisiga aylandi. Avvalroq ”Man. Siti” Abduqodir Husanov va Vitor Reysni o’z safiga qo’shib olgandi.