O’zbekistonlik aralash yakkakurash ustasi Saidyoqub Qahramonov yana oktagonga qaytmoqda.
29 yoshli hamyurtimiz 29-mart kuni AQSh’ning Ayova shtatida tashkil etiladigan MMA bo’yicha XFC 52 turnirida jang qiladi. Unga o’sha kuni braziliyalik Bruno Santos raqiblik qiladi.
E’tiborli jihati shundaki, Santos o’rta vazn toifasi vakili hisoblanadi, Saidyoqub esa o’z janglarini yengil vaznda o’tkazib keladi. Mazkur to’qnashuv aynan o’rta vaznda tashkil etiladi.
Ma’lumot uchun, Saidyoqub Qahramonov 2021-2022-yillar davomida UFC’da 3 ta jang o’tkazib, 2 ta g’alaba va bitta mag’lubiyat qayd etgan. Uning hisobida jami 11 g’alaba va 3 mag’lubiyat mavjud.