Belgiyalik yarim himoyachisi Kevin De Bruyne mavsum oxirida “Manchester Siti”ni tark etadi. Shu bois “shaharliklar” unga o’rinbosar qidirmoqda.
Xabarlarga ko’ra, “Manchester Siti” “RB Leypsig”ning gollandiyalik futbolchisi Xavi Simonsga qiziqish bildirmoqda. Inglizlar ushbu transfer uchun 110 million yevro sarflashga tayyor.
Ma’lumot uchun, Simons joriy mavsum Bundesligada 18 ta o’yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning nemis klubi bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2027-yilning yoziga qadar amal qiladi.
