Ispaniyalik himoyachi Serxio Ramos “Monterrey”ning “Pumas UNAM”ga qarshi o’yinining so’nggi daqiqalarida qizil kartochka oldi.
Ramos o’yin davomida juda ko’p to’qnashuvlarda ishtirok etdi. 92-daqiqada esa Gilermo Martinesga qo’pollik ishlatdi va maydondan chetlatildi.
Ma’lumot uchun, bu Ramosning faoliyatidagi 30-qizil kartochkasi bo’ldi. Himoyachi “Real”da 26 ta, PSJ’da 2 ta, “Sevilya”da esa 1 marta qizil kartochkaga loyiq ko’rilgan.
Eslatib o’tamiz, Serxio Ramos o’tgan oyda erkin agent sifatida “Monterrey” safiga qo’shildi. U jami 4 ta o’yinda maydonga tushib, 3 ta golga mualliflik qildi.