Kataloniyaning “Barselona” klubi jamoani kuchaytirish maqsadida yozgi transferlar oynasida Niko Uilyams va Dani Olmoni o’z tarkibiga qo’shib olmoqchi.
Mundo Deportivo xabariga ko’ra, “ko’k-anorranglilar” Olmo uchun “Leypsig”ga 40 million yevrolik taklif yuborgan. Shuningdek, futbolchi uchun 6 yillik shartnoma taklif qilingan. Biroq nemislar bu taklifni rad etgan. Ular Olmo uchun 60 million yevro so’rashmoqda.
Endi “Barselona” yana yangi taklif chiqishi va Olmoning o’zi bilan ham shartnoma shartlarini kelishib olishiga to’g’ri keladi.
Ma’lumot uchun, 26 yoshli ispaniyalik hujumkor yarim himoyachi “Leypsig” safida 148 ta o’yinda maydonga tushib, 29 ta gol urgan va 34 ta golli uzatmani amalga oshirgan.