Futbol bo‘yicha Elit Chempionlar Ligasining nimchorak final o‘yinlari 4-mart, seshanba kuni bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvni maydon egalari faol boshladi. Bu esa 29-daqiqaga kelib o‘z natijasini berdi. Riaskosning uzatgan to‘pini Flamarion darvozaga yo‘lladi va hisob ochildi.
Shundan so‘ng har ikki jamoada ham qator vaziyatlar yuzaga keldi. Biroq ulardan ikki jamoa aʼzolari ham foydalana bilmadi.
Taʼkidlash lozim, to‘p nazorati bo‘yicha ustunlik saudiyaliklarda bo‘ldi, ammo golli vaziyatlar yaratish, darvoza tomon yo‘llangan zarbalarda “sherlar” ustun kelgan.
Ushbu jamoalar o‘rtasidagi javob uchrashuvi 11-mart kuni Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadi.