Kataloniyaning “Barselona” klubi Dani Olmoni La Liga ro’yxatidan o’tkazdi. Bu haqda Mundo Deportivo xabar berdi.
Manbaga ko’ra, kataloniyaliklar jarohat olgan himoyachi Andres Kristensenning o’rniga Olmoni tarkibga kiritgan.
Ma’lumot uchun, 26 yoshli yarim himoyachi bugun La Liga 3-turi doirasida “Rayo Valekano”ga qarshi o’yinda “Barselona” safida debyut qilishi mumkin.