Bugun, 2-mart kuni Nyu-Yorkda professional boks oqshomi bo’lib o’tdi.
Turnirning asosiy janggi Jervonta Devis va Lamont Rouch o’rtasida chempionlik unvoni uchun bo’lib o’tdi.
Jang to’liq 12 raund davom etdi va hakamlarning qarori bilan durang natija qayd etildi.
Hakamlarning biri Devis foydasiga 115:114, qolganlari esa 114:114 ball qo’ydi.
Shu tariqa, Jervonta Devis faoliyatida birinchi bor g’alaba qozona olmadi. Uning hisobida 30 ta g’alaba va bitta durang bor.
Lamont Rouch esa 25 ta g’alaba, bir mag’lubiyat va ikkita durangga ega.