Bugun, 2-mart kuni Italiya A Seriyasining 27-turida Rimning “Roma” klubi o’z uyida debyutant “Komo”ni qabul qiladi.
Uchrashuvdan oldin statistikalarga ixtisoslashgan bir qancha nashrlar jamoalarning taxminiy tarkiblarini e’lon qildi.
Xususan, SofaScore nashri Eldor Shomurodovni asosiy tarkibga kiritdi.

Shuningdek, FotMob nashri ham bugungi o’yin uchun tomonlarning ehtimoliy tarkiblarini e’lon qildi.

Ma’lumot uchun, “Roma” – “Komo” o’yini bugun Toshkent vaqti bilan soat 22:00 da “Olimpiko” stadionida start oladi.