Argentina terma jamoasi va “Inter Mayami” hujumchisi Lionel Messi MLS klubini tark etishi mumkin. Bu haqda El Nacional xabar bermoqda.
Manbaga ko’ra, “Barselona” Messini ortga qaytarish masalasini jiddiy o’ylamoqda. Yakuniy qarorni Leoning o’zi qabul qiladi.
Argentinalik yulduz jamoaga yordam bera olishini va yosh futbolchilarning rivojlanishiga to’sqinlik qilmasligini his qilsa, qaytish masalasini ko’rib chiqishga tayyor.
Qolaversa, “Barselona”ning moliyaviy qiyinchiliklari Leoni o’z safiga qo’shib olganidan so’ng yanada og’irlashishi mumkin.
Eslatib o’tamiz, Messi o’z faoliyatini “Barselona”da boshlagan va klubning eng yaxshi to’purari bo’lgan. Shuningdek, u Qatarda bo’lib o’tgan 2022-yilgi Jahon chempionatida g’alaba qozongan.