Hamyurtimiz, Nursulton Ro’ziboyevning ukasi Mashrabjon Ro’ziboyev rasman UFC rosteridan olib tashlandi. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati xabar berdi.

Eslatib o’tamiz, Mashrabjon UFC Vegas 102 turnirida Jared Gordonga qarshi oktagonga ko’tarilishi kerak edi, biroq hamyurtimiz vazn meyorini bajara olmadi.
Aslida Gordon mazkur turnir doirasida Kaue Fernandesga qarshi jang qilishi lozim edi, ammo Fernandes jarohat oldi va Ro’ziboyev qisqa muddatda jangda qatnashish taklifiga rozilik bergandi.
Shu tariqa, UFC’dagi navbatdagi vakilimiz bironta ham jang o’tkazmay promoushenni tark etdi.