“Valyodalid” darvozaboni Karl Xayn faoliyatini Madridning “Real” klubida davom ettirishi mumkin.
Ma’lumotlarga qaraganda, “Qirollik klubi” prezidenti Florentino Peres “Valyodalid” rahbariyati bilan bog’lanib, 22 yoshli kiperning ehtimoliy transferini muhokama qilgan.
Ma’lumot uchun, Xeyn “Valyodalid” safida ijara asosida to’p suradi. Uning huquqlari hozirda “Arsenal”ga tegishli. Tomonlar o’rtasidagi ijara shartnomasi 2025-yilning iyun oyiga qadar mo’ljallangan.