Kataloniyaning “Barselona” klubi “Sporting” vingeri Jovani Kendaga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda TEAMtalk xabar berdi.
Manbaga ko’ra, “ko’k-anorranglilar” futbolchining agenti bilan aloqaga chiqishgan va Kendaning ehtimoliy transferini muhokama qilish uchun uchrashuv rejalashtirishgan.
Qayd etilishicha, 17 yoshli futbolchiga MYU ham da’vogarlik qilmoqda, biroq hozircha tomonlar o’rtasida muzokaralar boshlangani yo’q.
Ma’lumot uchun, Kenda joriy mavsum barcha turnirlarda 39 ta o’yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt’dagi narxi 30 million yevroga baholanmoqda.