Shov-shovli xatti-harakatlari uchun diskvalifikatsiya qilingan Angliya Premyer-ligasining sobiq hakami Devid Kut hozirda yetkazib berish xizmatida ishlamoqda. Bu haqda The Sun nashri xabar berdi.
2024-yilning noyabr oyida ijtimoiy tarmoqda Kutga o’xshash bir insonning Yurgen Kloppni haqorat qilayotgani aks etgan video tarqalgan edi. Shuningdek, hakamning Yevro-2024 vaqtida noma’lum oq modda hidlayotgani tasvirlangan kadrlar ham paydo bo’ldi.
“Men hayotimni nazoratga olish va yangi maqsad topishga harakat qilyapman. Kuryerlik menga dam olishga imkon beradi, lekin bu mening so’nggi faoliyatim emas”, – deydi Kut.
UEFA futbol obro’siga putur yetkazzgani va xulq-atvor me’yorlarini buzgani uchun hakamni 2026-yilning iyun oyi oxirigacha diskvalifikatsiya qilgan. Angliya professional hakamlar assotsiatsiyasi esa ichki tergovlardan so’ng Kut bilan tuzilgan shartnomani bekor qilgan.