Italiya A Seriyasining 25-turida Rimning “Roma” klubi “Parma” maydoniga safar qildi va minimal hisobda g’alaba qozondi (1:0).
Ushbu uchrashuvda hamyurtimiz Eldor Shomurodov asosiy tarkibda maydonga tushib, to’liq 90 daqiqa harakat qildi.
Shomurodov jamoasining yagona goliga muhim hissa qo’shdi. Matias Saulega uzatgan super pasidan so’ng argentinalik futbolchi jarima to’pini ishlab oldi va super gol urdi.
Hamyurtimiz, shuningdek, havodagi kurashlarda va to’pni olib yurishda ham jonbozlik ko’rsatdi. A Seriya esa o’zining rasmiy sahifasiga quyidagi videoni joylab, Shomurodovni e’tirof etdi.