“Napoli” “Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Skott Maktominayni o’z safiga qo’shib olmoqchi. Bu haqda Sky Sports xabar berdi.
Manbaga ko’ra, mankunianliklar 27 yoshli shotlandiyalik futbolchi uchun 30 million yevro talab qilmoqda. Shuningdek, klub Maktominayni ijara bermoqchi emas.
Ma’lumot uchun, Skott o’tgan mavsum “Manchester Yunayted” tarkibida 43 ta o’yin o’tkazib, 10 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning klub bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2025-yilning yoziga qadar amal qiladi.