Angliya Premyer-ligasining 25-turidan o’rin olgan bahsda “Manchester Siti” “Nyukasl”ga qarshi maydonga tushdi va yirik 4:0 hisobida g’alaba qozondi.
Hamyurtimiz Abduqodir Husanov uchrashuvni boshlang’ich tarkibda boshlab, to’liq maydonda harakat qildi.
Statistikalarga ixtisoslashgan SofaScore nashri o’yindan so’ng futbolchilarning harakatlarini baholab chiqdi.
Unga ko’ra, Husanov 7 ballga loyiq ko’rildi va jamoasining eng faol harakat qilgan o’yinchilaridan biri bo’ldi.
