Madridning “Real” klubi vingeri Vinisius Junior “Los Blankos” bilan tuzilajak yangi shartnomaga ko’ra 25 million yevrodan ko’proq maosh olmoqchi.
Biroq, jurnalist Antonio Romeroning yozishicha, “Qirollik klubi” 24 yoshli futbolchining maoshini uchta sababga ko’ra oshirishga tayyor emas.
Birinchidan, ispan grandi jamoadagi maoshlar balansini buzmoqchi emas. Vinisius hozirda Mbappe va Bellingem bilan birga jamoada eng ko’p maosh oladi – 15 million yevro. Agar “Real” braziliyalik vingerning talablarini qondirsa, jamoaning boshqa yulduzlari ham maoshni oshirishni talab qilishlari mumkin.
Ikkinchidan, Vinisius Mbappedan ko’ra ko’proq maosh olmoqchi, ammo fransiyalik futbolchining shartnomasining tuzilmasi tufayli buning iloji yo’q. Shu sabab u har yili imzolangan bonusning bir foizini oladi.
Uchinchidan, “Real” Vinisiusning maosh shartlari bo’yicha saudiyaliklar bilan raqobatlashmoqchi emas. “Qaymoqranglilar” Saudiya klublarining futbolchi uchun taqdim etayotgan maoshining 30 foizini ham bera olmaydi.