Joriy mavsumni “Galatasaroy”da ijarada o’tkazayotgan “Napoli” hujumchisi Viktor Osimhen Premyer-liga klublarining e’tiborini tortmoqda. Bu haqda Nikolo Skira xabar berdi.
Manbaga ko’ra, “Manchester Yunayted” va “Chelsi” 26 yoshli nigeriyalik futbolchini yozgi transferlar vaqtida sotib olish imkoniyatlarini o’rganib chiqmoqda.
Qayd etilishicha, Osimhenning tovon puli 75 million yevroni tashkil qiladi. Hujumchi joriy mavsum 23 ta o’yinda maydonga tushib, 17 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Ma’lumot uchun, Viktorning “Napoli” bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2026-yilning yozida yakuniga yetadi. Uning Transfermarkt’dagi narxi 75 million yevroga baholanmoqda.