Kataloniyaning “Barselona” klubi prezidenti Xuan Laporta braziliyalik hujumchi Neymarning jamoaga qaytishi mumkinligini inkor etmadi.
Jurnalist Xuan Fontesning xabariga ko’ra, Laporta Neymarga erkin agent bo’lgandagina “Barselona”ga qaytishi mumkinligini aytdi. Shuningdek, 33 yoshli futbolchi ham “Santos”da o’zini ko’rsatishi kerak.
Eslatib o’tamiz, Neymar professional futbolchilik faoliyati davomida “Santos”, “Barselona” PSJ va “Al-Hilol” klublarida to’p surgan.