Argentina terma jamoasi hujumchisi Xulian Alvares Madridning “Atletiko” klubiga o’tganidan so’ng “Manchester Siti”ga xayrlashuv maktubini yozdi.
“Bugun men juda ko’p hissiyotlarga to’la jamoa bilan xayrlashaman. Bu ikki yil hayotimdan alohida o’rin oldi. Bu vaqt ichida men har tomonlama o’sdim va ko’p narsalarni o’rgandim – ham futbolchi sifatida, ham shaxs sifatida.
Ishonchlari uchun direktorlar va murabbiylar shtabiga rahmat. Sizlarning menga bergan yo’l-yo’riqlaringiz va ko’rsatmalaringiz o’sishimga yordam berdi.
Jamoadoshlarimga men bilan baham ko’rgan har bir lahzalari, har bir mashg’ulot va o’yinlarda harakat va fidoiyliklari uchun rahmat aytaman. Men har biringizdan ko’p narsa o’rgandim va abadiy xotiralarga egaman.
Ajoyib qo’llab-quvvatlaganliklari uchun va birinchi kundanoq o’zimni uyimdagidek xis qilganim uchun muxlislarga chin qalbimdan rahmat aytaman. Men hamisha shu oila a’zosi ekanligimdan faxrlanaman.
“Manchester Siti” har doim mening qalbimda alohida o’rin egallaydi. Klubga kelajakda muvaffaqiyatlar tilayman va qayerda bo’lishimdan qati’y nazar jamoani qo’llab-quvvatlashda davom etaman”, – deb yozadi Alvares.
