O’rta vazn toifasida amaldagi UFC chempioni Drikus dyu Plessi promoushen tarixida vazn toifasidan qat’iy nazar, eng yaxshi jangchilar reytingida top-15 talikda turgan to’rtta raqibini ketma-ket mag’lub etgan birinchi va yagona jangchi bo’ldi.
Drikus avvalroq Robert Uittakerni (15), Israel Adesanyani (13) va ikki bor Shon Striklendni (8, 14) mag’lub etdi.
Eslatib o’tamiz, dyu Plessi 9-fevral kuni UFC 312 turnirida divizionning sobiq chempioni Shon Striklendga qarshi oktagonga ko’tarildi va besh raund yakuniga ko’ra ochkolar hisobiga g’alaba qozondi.