Madridning “Real” klubi himoyachisi Lukas Vaskes Chempionlar Ligasi pley-off bosqichidan o’rin olgan “Manchester Siti”ga qarshi bahsda jamoasiga yordam bera olmaydi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Eslatib o’tamiz, Vaskes La Liganing 23-turida “Atletiko”ga qarshi o’yinda (1:1) jarohat olgandi.
Tekshiruvlar natijasi shuni ko’rsatdiki, Lukas chap oyog’ining son qismini shikastlab olgan. Ispaniyalik futbolchining tiklanishi uchun 15-20 kun kerak bo’ladi.
Ma’lumot uchun, “Manchester Siti” – “Real Madrid” uchrashuvi 11-fevral kuni Toshkent vaqti bilan soat 01:00 da ”Etihad” stadionida start oladi.