“Manchester Siti” bosh murabbiyi Pep Gvardiola Angliya Kubogining 4-bosqichidan o’rin olgan “Leyton Orient” ustidan qozonilgan g’alaba haqida fikr bildirdi.
“Biz juda yaxshi o’yin o’tkazdik. Bu Angliya Kubogi uchun odatiy o’yin, shuning uchun bu musobaqa juda ajoyib. Biz raqibning kuchli ekanligini va ochiq o’yin namoyish qilishini bilardik. Bu juda yaxshi jamoa, lekin biz ko’proq imkoniyatlar yaratdik va g’alaba qozondik. Bundan xursandman.
“Siti” birinchi bo’limda qiynaldimi? Men bunday deb o’ylamayman. Dastlabki 10-15 daqiqada balkim shunday bo’lgandir, lekin gol o’tkazib yuborganimizdan so’ng o’yin tizginini qo’lga oldik va ko’plab vaziyatlar yaratdik.
Fil Foden va Kevin De Bruyneni o‘yinga tushirishga majbur bo‘lganimdan afsuslandimmi? Aslo yo‘q, ular aynan shu uchun bu yerga keldi. Biz bu musobaqani juda jiddiy qabul qilamiz va buni eng to‘g‘ri qaror deb hisobladik. Kevinning goli meni xursand qildi, uning harakati juda yaxshi edi”, – deydi Gvardiola.
Eslatib o’tamiz, dastlab “Manchester Siti” hisobda ortda borayotgandi, biroq xarakter namoyish qilib, g’alabani ilib ketdi (2:1).