Bilol Muhammad o’zini Jorj Sent-Pyerga taqqoslaganda uning ustidan kulganlarga javob berdi.
“O’tgan kuni men o’zimni Jorj Sent-Pyerga taqqoslagandim. Odamlar ustimdan kulib, ahmoqqa chiqarishgandi. Endi meni qayerda ekanligimni ko’ring”, – deydi UFC chempioni Bilol Muhammad.
Eslatib o’tamiz, Muhammad UFC 304 turnirining asosiy janggida Leon Edvardsni hakamlarning yakdil qarori bilan mag’lub etib, chempionlik kamariga ega chiqqandi.