Butunjahon boks assosiatsiyasi (WBA) professional bokschilarning reytingini yangiladi.
Unga ko‘ra, o‘zbekistonlik bokschilarda katta o‘zgarishlar qayd etilgani yo‘q. Faqatgina Hasanboy Do‘smatov bir pog‘onaga pastladi.
Hasanboy Do‘smatov – (minimal vazn) 2-o‘rin (o‘tgan oy 1-o‘rinda edi;)
Murodjon Ahmadaliyev (birinchi yarimengil vazn) – vaqtinchalik chempion;
Otabek Xolmatov (yarimengil vazn) – o‘tgan oydagi singari 4-o‘rin;
Shahram Gʻiyosov (yarimo‘rta vazn) – o‘tgan oydagi singari 1-o‘rin;
Isroil Madrimov (super yarimo‘rta vazn) – 4-o‘rin (o‘tgan oyda ham 4-o‘rinda edi);
Bektemir Meliqo‘ziyev (super o‘rta vazn) – 3-o‘rin (o‘tgan oy ham 3-o‘rinda edi).