Fransiya terma jamoasi va “Liverpul” klubi sobiq hujumchisi Jibril Sisse bir yillik shartli qamoq jazosiga tortilishi mumkin. Bu haqda RMC Sport xabar bermoqda.
Manbaga ko’ra, 43 yoshli sobiq futbolchi soliqlarni buzish va korporativ aktivlardan noto’g’ri foydalanishda ayblanmoqda.
Ma’lum qilinishicha, 11-sentyabr kuni bo’lib o’tgan sud majlisida Fransiya prokuraturasi Sisseni 100 ming yevro miqdorida jarimaga tortishni so’ragan.
Ma’lumot uchun, Sisse 2004-yilda “Liverpul” futbolchisiga aylangandi. U klub safida jami 79 ta o’yinda maydonga tushib, 24 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.