Italiya A Seriyasining 23-turida “Roma” o’z maydonida “Napoli”ni qabul qildi.
Dastlab 29-daqiqada Spinatsola neapolliklarni hisobda oldinga olib chiqdi. 90+2-daqiqada Anxelinyo “bo’rilar”ni mag’lubiyatdan qutqarib qoldi.
Hamyurtimiz Eldor Shomurodov esa asosiy tarkibda maydonga tushdi va 80-daqiqada zaxiraga olindi.
Ma’lumot uchun, mazkur o’yindan so’ng rimliklar turnir jadvalida 9-o’ringa ko’tarilib oldi. “Napoli” esa hamon peshqadamlik qilmoqda.