Madridning «Real» klubi «Manchester Siti» yarimhimoyachisi Rodrini o‘z safida ko‘rmoqchi. Bu haqda jurnalist Ramon Alvares de Mon xabar bermoqda.
Manbaga koʻra, «qirollik klubi» ispaniyalik futbolchining jismoniy holatini Jahon chempionatiga qadar kuzatib, baholab boradi.
Qayd etilishicha, Rodrining transferi «Real»ga taxminan 50 million yevroga tushadi.
Eslatib oʻtamiz, Rodri 2024-yilda «Oltin to‘p» sovrini bilan taqdirlangan edi. Oʻsha paytda «Real» ushbu mukofotga Vinisiusni munosib deb hisoblab, taqdirlash marosimini boykot qilgandi.
Maʼlumot uchun, Rodrining «shaharliklar» bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozida yakuniga yetadi. Uning Transfermarkt’dagi narxi 75 million yevroga baholanmoqda.
