Frankfurtning “Ayntraxt” klubi 19 yoshli vingeri Jan-Matteo Baoya Bundesliganing 26-turidan o’rin olgan “Bohum”ga qarshi bahsda 37,16 km/soat tezlikka erishib, Germaniya chempionatining rekordini o’rnatdi.
Bungacha Bundesligadagi eng yuqori tezlik 36,82 km/soatni tashkil qilayotgan edi.
Ma’lumot uchun, Baoya joriy mavsum barcha turnirlarda 24 ta o’yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt’dagi narxi 7,5 million yevroga baholanmoqda.