Bugun, 27-fevral kuni UEFA Chempionlar Ligasi nimchorak finaliga qurʼa tashlash marosimi boʻlib oʻtdi.
1/8 final juftliklari bilan tanishing:
«PSJ» — «Chelsi»
«Galatasaroy» — «Liverpul»
«Real» — «Man Siti»
«Atalanta» — «Bavariya»
«Nyukasl» — «Barselona»
«Atletiko» — «Tottenhem»
«Budyo-Glimt» — «Sporting»
«Bayer» — «Arsenal»
Shubhasiz, ushbu bosqichning eng tomoshabop uchrashuvi sifatida «Real» va «Man Siti» oʻrtasidagi bahsni koʻrsatish mumkin. Shuningdek, «Nyukasl» va «Barselona» qarama-qarshiligi ham katta qiziqish uygʻotishi kutilmoqda.
Maʼlumot uchun, nimchorak finalning dastlabki uchrashuvlari 10—11-mart kunlari boʻlib oʻtsa, javob oʻyinlari 17—18-mart sanasiga belgilangan. Final bahsi esa 30-may kuniga rejalashtirilgan.
