Oʻzbekiston milliy terma jamoasi va «Manchester Siti» himoyachisi Abduqodir Husanov Chempionlar Ligasida mavsumning eng tezkor markaziy himoyachisi deb topildi. Bu haqda CIES xalqaro futbol tadqiqotlari markazi xabar berdi.
Ushbu tashkilot joriy mavsumdagi YChL bahslarida beshta asosiy pozitsiya boʻyicha futbolchilarning maksimal tezlik reytingini eʼlon qildi. Unga koʻra, markaziy himoyachilar orasida eng yuqori koʻrsatkichni Husanov qayd etdi.
Oʻzbekistonlik futbolchi maydonda 35,8 km/soat tezlikka erishgan va bu oʻz toifasida joriy mavsumdagi mutlaq eng yaxshi natija boʻlib turibdi.
Maʼlumot uchun, barcha pozitsiyadagi futbolchilar orasida umumiy reytingda «Nyukasl» hujumchisi Entoni Gordon peshqadamlik qilmoqda. CIES’ga koʻra, u maydonda 37,92 km/soat tezlikka erishishga muvaffaq boʻlgan.
