Shu yilning 2-aprel kuni Toshkentdagi muhtasham «Humo Arena» majmuasi «Octagon 85» turniriga mezbonlik qiladi.
Liga matbuot xizmatining maʼlum qilishicha, kechaning markaziy jangida yarim oʻrta vazn toifasida Oʻzbekiston sharafini himoya qilayotgan Shohasan Mirzamatov chempionlik kamari uchun oktagonga koʻtariladi. Unga shu kuni qozog‘istonlik Bogdan Pshebelskiy raqiblik qiladi.

Maʼlumot uchun, Mirzamatov professional MMA’da 20 ta jang oʻtkazib, ularning 16 tasida gʻalaba qozongan, 4 tasida esa magʻlubiyatga uchragan. Pshebelskiy esa hozirga qadar 9 ta jangda ishtirok etib, 7 gʻalaba va 2 magʻlubiyat qayd etgan.
