Fransiyaning PSJ klubi darvozaboni Janluiji Donnarumma ikki haftaga safdan chiqdi. Bu haqda Le Parisien xabar bermoqda.
Manbaga ko’ra, kiper yuzidagi jarohatidan forig’ bo’lish uchun ikki hafta davomida muolaja o’tkazadi.
Eslatib o’tamiz, Donnarumma Liga 1’ning 16-turidan o’rin olgan “Monako”ga qarshi bahsda (2:4) yuzidan jarohat olgandi.
Ma’lumot uchun, Donnarumma joriy mavsum barcha turnirlarda 16 ta o’yinda maydonga tushib, 15 ta gol o’tkazib yubordi va 5 ta o’yinda darvozasi dahlsizligini saqlab qoldi.