UFC prezidenti Dana Uayt yengil vazn toifasi chempioni Islam Maxachevning o’rta vaznda kamar uchun jang qilish istagi haqida fikr bildirdi.
“Islam o’rta vaznga o’tishni xohlaydimi? Men bu haqida bilmayman. Agar u yarim o’rta vaznga o’tmoqchi bo’lsa, o’ylab ko’ramiz. Biroq o’rta vazn – bu butunlay boshqa daraja”, – deydi Uayt.
Ma’lumot uchun, Islam Maxachev professional MMA’da 28 ta jang o’tkazib, ularning 27 tasida g’alaba qozongan. Shuningdek, hozirda u UFC pound-for-pound reytingida yetakchilik qilmoqda.