FIDE reytingi yangilandi. Reytingda kuchli 100 talikdan 5 nafar o‘zbekistonlik grossmeyster o‘rin oldi.

20 yoshli grossmeyster Nodirbek Abdusattorov ushbu ro’yxatda 7-o’rinni qayd etilib, yoshlar o‘rtasidagi yetakchilikni Hindiston vakili Gukeshga bo‘shatib berdi. U oldingi o’rnidan bir pog’ona pastladi.
Shuningdek, Javohir Sindorov 54-o’rnini saqlab qoldi. Rustam Qosimjonov 42-o’rinda turibdi. O’tgan oyda 100 talikni tark etgan Nodirbek Yakubboyev 72-o’ringa ko’tarilib oldi. Shamsiddin Vohidov esa reytingda 93-o’rinni egallab turibdi. Uning to’plagan ochkosi 2643 tani tashkil etadi.
Ma’lumot o’rnida, 10-23-sentyabr kunlari Vengriya poytaxti Budapesht shahri Butunjahon Shaxmat Olimpiadasiga mezbonlik qiladi. O’z tarixida 45-marotaba tashkil etilayotgan Olimpiadada 3500 nafarga yaqin shaxmatchi qatnashishi kutilmoqda. Ular orasida amaldagi Olimpiada chempioni O’zbekiston terma jamoasi ham bor.
O’zbekiston terma jamoasi tarkibi:
GM Nodirbek Abdusattorov (2769)
GM Javohir Sindarov (2674)
GM Nodirbek Yakubboev (2648)
GM SHamsiddin Vohidov (2643)
GM Jahongir Vahidov (2571)