“Napoli” va “Latsio”ning sobiq bosh murabbiyi Mauritsio Sarri “Roma”ning e’tiboriga tushdi. Bu haqda RomaPress xabar bermoqda.
Manbaga ko’ra, mavsum oxirida Klaudio Ranyeri rimliklar boshqaruvidan ketganidan so’ng Sarri jamoani boshqarishi mumkin bo’lgan murabbiylar short-listiga kiritildi.
Ma’lumot uchun, Mauritsio Sarri hozirda ishsiz yuribdi. Uning so’nggi klubi Rimning boshqa bir jamoasi – “Latsio” edi.
Shuningdek, italiyalik mutaxassis faoliyati davomida “Chelsi” va “Yuventus” kabi grand klublarda ham faoliyat yuritgan.