Mashhur misrlik menejer Ali Abdulaziz Umar Nurmagomedovning navbatdagi raqibi kim bo’lishini ma’lum qildi.
Unga ko’ra, Nurmagomedovning keyingi raqibi UFC 306 turnirining asosiy janggi g’olibi bo’ladi.
“Umar “Sfera” arenasidagi qafasda bo’ladi, u asosiy jang g’olibi bilan kurashadi”, – deydi Ali Abdulaziz.
Eslatib o’tamiz, 15-sentyabr kuni Las-Vegasda tashkil etiladigan UFC 306 turnirining asosiy janggida amaldagi chempion Shon O’Melli Merab Dvalishviliga qarshi oktagonga ko’tariladi.