Yengil vazn toifasida UFC reytingining birinchi raqamli jangchisi Arman Sarukyan divizionning amaldagi chempioni Islam Maxachevga qarshi revansh janggi haqida gapirdi.
“Bu men uchun muhim qasos. Men uni mag’lub etib, chempion bo’laman. UFC’da bitta mag’lubiyatim bor. Islamdan. Endi esa qasos olish vaqti keldi”, – deydi Sarukyan.
Eslatib o’tamiz, Sarukyan va Maxachev o’rtasidagi jang 19-yanvar kuni Los-Anjelosda tashkil etiladigan UFC 311 turnirida bo’lib o’tadi.