UFC jangchisi Umar Nurmagomedov UFC 311 turnirida eng yengil vazn toifasi chempioni Merab Dvalishviliga qarshi jangda mag’lub bo’lganidan so’ng ijtimoiy tarmoqlarda post chop etdi.
“Uzr so’ramayman. Men baribir chempion bo’laman. Boshqa narsaning ahamiyati yo’q. Har qanday vaziyatda ham Allohga hamdlar bo’lsin.
Men bu jangda mag’lub bo’lganim yo’q. Butun dunyo guvohlik bersa ham, ishonmayman. Jarohatlarni bartaraf etib, mashg’ulotlarga qaytaman”, – deydi Umar.
Eslatib o’tamiz, Nurmagomedov va Dvalishvili o’rtasidagi jang to’liq 5 raund davom etdi va ochkolar hisobiga ko’ra Merab g’alaba qozondi.