Yengil vazn toifasida (70 kg) amaldagi UFC chempioni Islam Maxachev yengil vazn toifasi (66 kg) chempioni Ilya Topuriyaga qarshi jangga tayyorligini ma’lum qildi.
“Topuriyaga qarshi jangdan bosh tortmayman. Agar men divizionni tozalasam va muxlislar bu jangni ko’rishni istasa, nega bu kurash bo’lmasligi kerak. Men uni osonlikcha mag’lub eta olaman”, – deydi Maxachev.
Eslatib o’tamiz, Maxachev o’zining navbatdagi janggini 19-yanvar kuni Los-Anjelosda tashkil etiladigan UFC 311 turnirida o’tkazadi. Unga o’sha kuni Arman Sarukyan raqiblik qiladi.