“Manchester Siti” bosh murabbiyi Pep Gvardiola jamoa hujumchisi Erling Holandni Lionel Messi bilan solishtirish haqida gapirdi.
“Hech kimni Messi bilan solishtirib bo’lmaydi… Biroq Krishtianuni Leoga o’xshash deb aytgan bo’lardim. Ikkalasi ham 14-15 yil davomida har mavsumda juda ko’p gol urishdi va hali qiluvchi bosqichga chiqishdi.
Holand boshqa turdagi futbolchi, buni hamma biladi! Lekin, urilgan gollar soniga kelsak, ha, ular o’xshash”, – deydi Gvardiola.
Eslatib o’tamiz, Gvardiola 2008-yildan 2012-yilgacha “Barselona”ni boshqargan va Messiga murabbiylik qilgan.
