Yengil vazn toifasida amaldagi UFC chempioni Islam Maxachev Arman Sarukyanga qarshi jang oldidan o’z fikrlarini bildirib o’tdi.
“Men dunyoning eng yaxshi jangchisiman. Va men nimalarga qodirligimni hammaga ko’rsataman!
AQSh’da Armanni qo’llab-quvvatlovchi armanistonliklar ko’pmi? Men Avstraliyada Volkanovski bilan jang qildim. Men AQSh’da Porye bilan jang qildim. Qafas yopilganda, unga hech kim yordam bera olmaydi”, – deydi Maxachev.
Eslatib o’tamiz, Maxachev va Sarukyan o’rtasidagi revansh janggi 19-yanvar kuni Los-Anjelosda tashkil etiladigan UFC 311 turniri doirasida bo’lib o’tadi.