Serbiyalik tennischi, “Katta dubulg’a” turkumiga kiruvchi turnirlarning 24 karra g’olibi Novak Jokovich Avstraliya Ochiq chempionatining ikkinchi davrasida 21 yoshli Xayme Fariyaga qarshi kortga chiqdi va 6:1, 6:7, 6:3, 6:2 hisobida g’alaba qozondi.
Shu tariqa, Jokovich “Grand Slams”da o’tkazilgan o’yinlar soni bo’yicha mutlaq rekord o’rnatdi (430 ta). U 429 ta o’yin o’tkazgan yirik turnirlarning 20 karra chempioni Rojer Federerni ortda qoldirdi.
Ma’lumot uchun, ushbu ko’rsatgich bo’yicha uchinchi o’rinda 423 ta o’yin bilan Serena Uilyams bormoqda. To’rtinchi o’rinni esa “Katta dubulg’a”ning 22 karra g’olibi Rafael Nadal egallab turibdi.