“Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Kristian Erikson kelasi yozda jamoani tark etadi. Bu haqda Fabritsio Romano xabar bermoqda.
Manbaga ko’ra, tomonlar o’rtasidagi shartnoma joriy mavsum oxirida yakuniga yetadi va bitimni uzaytirish borasida hech qanday muzokaralar rejalashtirilmagan.
Ma’lumot uchun, Erikson joriy mavsum klub safida jami 13 ta o’yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt’dagi narxi 8 million yevroga baholanmoqda.
Eslatib o’tamiz, avvalroq matbuotda 32 yoshli pleymeykerga “Yuventus” qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar paydo bo’lgandi.